yopish
Регистрация

Авторизация

Логин:
Пароль:
Забыли пароль?

Регистрация

o’zbek русский english

Versace

Miniatryurali 42 yoshli italiyalik ayol akasining fojiali o’limidan so’ng eng mashhur Moda uylaridan birini boshqarganida, ko’pchilik uning muvaffaqiyatiga shubha bilan qaragan. Donatella Versache — o’z akasining loyiq merosxo’ri va jahondagi yetakchi modeler ayollardan biri bo’lib hisoblanadi. Donatella Djanni tomonidan yaratilgan uslub doirasida qolgan holda, yangi modellarni yaratmoqda. Erotika va dabdabali ranglarning bejirim hissiyoti va sof chiziqlar kabi Versace uslubining o’zgarmas komponentlari bo’lib hisoblanadi. Versace Modalar uyining kollektsiyalarida kiyim-kechaklar va aksessuarlardagi klassik elementlar qudratli geometrik shakllar va ranglarning murakkab, yorqin tuslari bilan muvaffaqiyatli uyg’unlashadi. Jahon miqyosidagi ko’pgina yulduzlar, shu jumladan Djennifer Lopez va Elton Djon, nafaqat Uyning mijozlari, balki Donatellaning shaxsan do’stlari bo’lib hisoblanadilar. Madonna timsolidan foydalangan holda amalga oshirilgan ulkan kampaniyadan so’ng, Versachening ommaviyligi aql bovar qilmaydigan yuksaklikka yetdi. Bugungi kunda brendning meduzali logotipi yorqinligi, nafisligi, aslligi (originalligi) hamda ishqiylikning o’qimishlilik bilan nozik uyg’unlashuvini o’zora bog’lab turadi. Versache uyining toychog’i — modaparast erkaklar va ayollar uchun kechalarda kiyiladigan liboslardir.

Markaning tarixi
Gianni Versace S.p.A — 1978 yilda Djanni Versache tomonidan asos solingan, matolar va kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanadigan Italiya kompaniyasidir. Djanni Versachening o’limidan so’ng 1997 yilda uning singlisi Donatella Versache vitse-prezident lavozimini egallagan holda, kompaniyaning dizayn bo’yicha direktoriga aylandi, katta akasi Santo Versache esa — Modalar uyining ijrochi direktori bo’ldi.
Dastlabki Versace butigi 1978 yilda Milanning Via della Spiga ko’chasida ochildi va bir zumda ommaviylikka erishdi. Bugungi kunda Versace — jahondagi yetakchi moda uylaridan biri bo’lib, kiyim-kechaklar, aksessuarlar, parfyumeriya, kosmetika va yuqori toifadagi xonaki mebellarni turli xil Versace Group brendlari ostida ishlab chiqaradi, bozorga yetkazib beradi va tarqatadi.

Versace kompaniyasining uslub departamentida jamoalarga birlashgan dizayterlar va uslubchilar faoliyat ko’rsatadilar. Ijodkor (kreativ) direktor Donatella Versachening aniq rahbarligi ostida har bir jamoa muayyan tarmoq yoki mahsulotlar markasi ustida ishlaydi.

Markaning falsafasi

VERSACE uslubi takrorlanmas va har doim tanib olish mumkin. u nafaqat kiyimda millionlar tomonidan sevimlidir. Mebel, atir-upa, zargarlik bezaklari ushbu marka ostida ishlab chiqariladi. Versace ning muxlislari orasida ko’pgina mashhur insonlar ham mavjud. Elton Djon uzoq vaqt mobaynida Versace kiyimlarida yurgan — brilliantlar yoki Swarovski strazalari bilan bezatilgan oddiy buyumlar. Maykl Djekson va Elizabet Xyorli Versace markasining boshqa bir fanatlari bo’lib hisoblanadilar. Rep-ijrochi Tupak Shakur (2 ras) “Hit `Em Up” qo’shig’ida Versace ni yodga oladi. Bu qo’shiq o’zining Versace ning quyoshdan saqlovchi ko’zoynaklariga bog’liqligi bilan mashhur bo’lgan Notorious B.I.G aka Biggie Smalls ismli boshqa repperga o’ziga xos javob bo’lgan. boshqa italiyalik moda uylaridan farqli ravishda Versace da kompaniyaning “yuzi” mavjud. Ba’zan kompaniya o’zining keng tarqatiladigan reklama e’lonlarini suratga olish uchun “yulduz”larni jalb etadi. Agar boshqa moda uylari qisman matbuotga umid bog’lashsa, Versace ning reklama strategiyasi bir qadam oldinda turibdi. Kompaniyaning “yuzi” sifatida ishga taklif etilgan mashhur insonga pul mukofoti va minnatdorchilik belgisi sifatida unga Versace kiyim-kechaklari sovg’a qilinadi.

Markaning rasmiy sayti
www.versace.com