yopish

Yangiliklar

2011-2012 yil kuz-qishi: «Glamour» butigi bilan yangi mavsumda

Kelayotgan qishning dolzarb trendlari modalar namoyishi ortidan podiumlardan shaharga kirib bormoqda. Yangi mavsumning istiqbollari qulaylik, bashang minimalizm va ehtirosli hashamat talablariga javob beradi. Aralash printlar, ko’ylakning beli yuqoridaligi, mo’ynali qo’shimchalar, tor yenglar, kataklar, oq rangning barcha tuslari va ommaviy qora rang, burmalar, tabiiy yoki sun’iy mo’yna, shuningdek, o’tgan o’n yilliklarning tanish uslublari – moda brendlarining kuzgi-qishki to’plamlarida kuzatish mumkin bo’lganlarning barchasi mavsumning zaruriy qismlariga aylandi.
Batafsil
Tom Ford

 Zamonamizning eng yorqin shaxslaridan biri, moda dunyosida eng ko’p pul to’lanadigan art-direktor, eng yaxshi ayollar liboslari dizayneri va bir necha yil yakuniga ko’ra, Amerikaning eng yaxshi dizayneri, nihoyat, People jurnalining versiyasiga ko’ra jahonning 50 ta eng go’zal odamlaridan biri – Tom Ford glamur va hashamat dunyosida mustahkam o’ringa ega.

Batafsil
Pierre Balmain: barkamollikning qaytishi

Balman urushdan kеyingi yillarda ayollarga katta muhabbatga qodir bo`lgan, go`zal, nafis va olijanob xonim ramzini qaytarib bеrgan buyuk modеl`еrlardan biriga aylandi. Dizaynеr Yevropa ayollarining chiroyli ko`rinish hamda yuqori modani bir asrlik tarixida yangi sahifa ochish istklarini qaytaradi. Balmanning yangi yo`nalishi 50-yillarda ko`pchilikka manzur bo`ladi va matbuot unga “fransuzcha uslub”nomini bеradi.



Batafsil