Loro Piana
«Bizning mahsulotlarimizga baho berish uchun ularni sotib olishning o’zi yetarli emas. Ayniqsa ularning ortidan quvmaslik kerak, bu fashion emas». Loro Piana
Butun dunyo bo’ylab eng so’ngi modadagi kiyimlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar Marketing deb atalmish Katta og’aning nazaridan tashqari bir qadam ham tashlay olmaydigan bir sharoitda, aka-uka Loro Pyanalar, asosan shaxsiy didlariga tayangan holda bu sohada muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar. Ular ot polosi va konkur, parus sporti va kollektsion avtomobillardagi poygalarni jon-dildan sevadilar. Firma gazlamalardan tashqari, aynan ushbu olijanob mashg’ulotlar uchun kiyimlar va aksessuar ishlab chiqarish bilan dong taratgan.
Loro Piana – eng asl gazlamalar: yupqa va juda yupqa jun gazlama, kashemir va vikunya ishlab chiqarish bo’yicha jahonda yetakchi o’rinni egallaydi. Loro Piana gazlamalari kollektsiyasining xitlaridan biri baby-kashemir hisoblanadi. Bu juda yupqa va yumshoq, momiqqa o’xshash gazlama bo’lib, 3 oydan 12 oygacha yoshdagi girkus zotli echki bolalarining tarab olingan yungidan tayyorlanadi.
Kompaniya erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari liniyalarini, shuningdek sharf va ro’moldan tortib tabiiy teridan yasalgan mayda-chuydalargacha bo’lgan bir dunyo aksessuarlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Butun dunyo bo’ylab Loro Piana butiklarida «made to measure» - o’lchov bo’yicha tayyorlash xizmati mavjud!
Marka tarixi
XIX asrning o’rtalaridan boshlab Loro Piana erkaklarining olti avlodi ushbu markani boshqarib kelmoqdalar. Ular dunyodagi eng qimmat va asl matolar to’g’risida hamma narsani bilishgan. Xususan, Mo’g’uliston va Xitoy yovvoyi echkilaridan o’z kashemirlari uchun eng yaxshi xom ashyo olishgan, Avstraliya va Yangi Zelandiya mayin yungli qo’ylaridan eng nozik yung olishni bilishgan, yungidan eng qimmat mato to’qiladigan, juda kam uchraydigan hayvon – vikunyani saqlab qolish bo’yicha Peru hukumati bilan rasmiy kelishuvga erishishgan. Loro Piana markasi dunyodagi eng yaxshi kashemir va jun gazlama ishlab chiqaruvchi sifatida barchaga ma’lum, kompaniya boshqaruvi Serdjo va Per Luidji Loro Pyana qo’liga o’tgandan so’ng eng mashhur brendlar o’z kollektsiyalarini ushbu mahsulotlar asosida yarata boshladilar.
Ikki aka-uka o’zlarining kichik imperiyalari prezidentligi lavozimini har uch yilda o’zaro almashadilar, biroq birgalikda boshqaradilar – kishi yolg’iz o’zi biznesda bunday ulkan inqilobiy o’zgarish yasashi mumkimi?
Ular 90-yillarning o’rtalarida gazlamalarini “yaxshi qo’llarga” topshirish emas, balki o’zlari tasarruf etishga qaror qilishdi.
Loro Piana markasi erkaklar va ayollar uchun mo’ljallangan klassik, nafis va o’ta sifatli kiyimlar kollektsiyasini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Marka mijozlarini Loro Pyanalarning o’zi quality addicted - «sifat shaydolari» deb ataydilar.
Bugungi kunda firmaning savdo tarmog’i jahon bo’ylab tarqalgan 70 ta do’kondan iborat. 2008 yilda ularning soni yuztaga yetadi.
Gazlamalar
Hozirgi paytda Loro Piana Yangi Zelandiya va Avstraliya merinos zotli qo’ylari yungidan yuqori sifatli gazlamalar, Mo’g’uliston va Xitoydan eng yaxshi kashemir ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu marka kashemiri, shuningdek Yangi Zelandiya va Avstraliya merinoslari yungi haqiqatdan ham o’ta yuqori sifatga ega. Bundan tashqari, dunyodagi eng qimmat jun gazlama – Peru vikunyasi yungidan olinadigan matoni ishlab chiqarish huquqi faqat Loro Pianaga tegishli.
Har doimgidek, matolar ishlab chiqarish jarayonining har bitta bosqichida yuqori sifat standartlarini ta’minlash uchun jahondagi eng yaxshi xom ashyoni tanlashga katta e’tibor qaratiladi.
Cashmere
Kashemir – juda ajoyib xususiyatlarga ega kamyob va qimmatbaho tola hisoblanadi. U Xitoy va Mo’g’ulistonning qishi juda ayozli, yozi esa jazirama issiq bo’ladigan yuqori tog’ hududlarida yashovchi alohida zotli echkilar yungidan tayyorlanadi. Haroratning keskin o’zgarishlari sababli kashemir a’lo darajadagi issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega, ya’ni u qishda sovuqdan saqlaydi, yozda esa isitib yubormaydi.
Kashemir momig’ini olish uchun echkilar juni qirqilmaydi, balki maxsus taroqlar bilan taraladi, kashemir uchun esa ostki mayin yung ajratib olinadi. Bitta echki bir yilda yuz, juda ko’p bo’lsa ikki yuz gramm yung beradi. Kashemirdan bitta mahsulot tayyorlash uchun juda ko’p hayvonlarning yungi sarflanadi. Kashemir narxi balandligining sabablaridan biri shunda. Uning bahosini belgilovchi omillardan yana biri tolaning ingichkaligidir. Misol uchun, insonning soch tolasi qalinligi 50 mikronga yaqin, sifatli kashemir ipi bir necha marta ingichka – taxminan 14-15 mikron qalinlikka ega bo’ladi. Shuning uchun kashemir juda mayin mato.
Baby cashmere
Engilligi va boshqa xususiyatlariga ko’ra o’ziga xos bo’lgan mazkur kashemir echki bolalari yungidan tayyorlanadi. Bu g’aroyib va juda mayin tola uloqchalar uchun mutlaqo xavfsiz bo’lgan tarash jarayonida olinadi.
Vicuna
Loro Piana kompaniyasi dunyodagi eng qimmat jun – Peru vikunyasi yungini sotib olish bo’yicha mutloq huquqqa ega. 1976 yilda And tog’lari etaklarida yashovchi lamalar oilasiga mansub ushbu juft tuyoqli hayvon yo’qolib borayotgan tur sifatida Қizil kitobga kiritilgan. Noinsoflarcha qirib yuborish oqibatida o’sha paytda dunyoda vikunyalar soni 5000 dan ortmasdi.
Saqlab qolish dasturi natijasida ushbu yo’qolib borayotgan turga mansub hayvon soni bugungi kunda 150.000 taga yetdi.
Loro Piana Peru hukumati homiyligida 1994 yildan boshlab ushbu qimmatbaho tolani sotib olish eksklyuziv huquqiga ega bo’ldi.
Ushbu hayvon yungidan qadimiy inklar davridayoq kiyimlar tayyorlangani ma’lum, uni faqat sardorlar kiyishi mumkin bo’lgan, u xudolar kiyimi hisoblangan.
Diametri o’rtacha 12-13 mikron bo’lgan juda mayin va yengil tola boshqa har qanday tolaga nisbatan ustun issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega. Bu vikunya yungidan tayyorlangan mahsulotlarning bahosini belgilovchi omillardan biridir. Biroq eng muhimi shundaki, bitta hayvondan ikki yil davomida ko’pi bilan 250 gramm yung olish mumkin, bu kichkina sharfga yetadi xolos.
Vikunya yungiga ishlov berishda tola cho’zib taraladi, bu uning mayinligi va to’g’riligini belgilaydi. Bu esa tayyor matoning sifati yuqori bo’lishiga olib keladi. To’qilgan mato an’anaviy ishlov berish jarayonidan o’tadi, jumladan mayin yuviladi, maxsus dastgohlarda chayiladi va vikunya yungining tabiiy yarqiroqligini oshiruvchi maxsus pressdan o’tkaziladi.
Tasmanian
Ushbu o’ziga xos matoning nomlanishi Janubiy Avstraliyadagi Tasmaniya oroli nomidan olingan, u eng yaxshi merinos yungidan dastlab shu yerda tayyorlangan. Ўtgan asrning 60-yillarida Loro Piana ustalari ruhoniylar uchun kiyimlar tayorlashgan, ushbu matoning yengilligi va universalligi ham shu bilan belgilangan. Bugungi kunda Tasmanian eng sifatli Avstraliya merinos yungidan 250 grammdan bir metr miqdorida ishlab chiqariladi, ishlov berilmagan bir kilogramm xom ashyodan 130 km uzunlikdagi tola olish mumkin. Ilg’or o’rash texnologiyalari vositasida Avstraliya merinos qo’ylarining yungi ajoyib jun gazlamaga aylanadi, ular Loro Piana tomonidan yozgi va qishki variantlarda taqdim etiladi.
Zelander
Yorqinlik, elastiklik va qarshilik. Bu Zelander – kostyum uchun mo’ljallangan gazlamalar kollektsiyasiga xos bo’lgan xususiyatlar bo’lib, ular yengil, yorqin rangli va mayin. Ular Yangi Zelandiya merinoslari yungidan dunyoga keladi. Bu qimmatbaho tola ajoyib qarshilikka ega. Bugungi kunda cheklangan miqdorda mavjud bo’lgan ushbu muayyan navdagi jun – ko’ngildagidek tabiiy sharoit va yuqori sifatga sodiq professional selektsionerlar mehnati natijasidir. Loro Piana to’qishning o’ziga xos usullari yordamida ushbu matolarning o’ziga xos xususiyatlarini yanada yaxshilashga erishdi.
Zenit
Zenit kollektsiyasi butun dunyoda kostyum uchun mo’ljallangan eng asl matolarning barcha turlarini taqdim etadi. Ushbu kollektsiyaga kiruvchi gazlamalar Avstraliya va Yangi Zelandiya merinoslaridan olingan eng yuqori ingichkalikka ega, Line-1PPning eng yuqori darajasi deb ataluvchi cheklangan miqdordagi yungdan olinadi. Eng yuqori ingichkalikka ega yungning har bir taxlami qirqilgan yili, kelib chiqishi va o’ziga xosligini tasdiqlovchi alohida etiketkaga ega. Zenit kollektsiyasi matolari mayinligi va yengilligi bilan ajralib turadi.
Markaning falsafasi
Aka-ukalardan biri Serdjio shunday deydi: «Biz uchun lyuks – bu barcha darajalarda - boshlang’ich materiallar va ishlab chiqarishni sinchiklab nazorat qilishdan boshlab yuqori sifatni anglatadi. Busiz xaridorlarning tegishli talablariga muvofiqlikka umid qilmasa ham bo’ladi».
Talablar esa jiddiy. Loro Piananing azaliy xaridori moliyaviy mustaqil, ijtimoiy faol, ko’p sayohat qiladi va o’ziga kerakli narsani boshqalarning yordamisiz tanlashga qodir.
Markaning rasmiy sayti
www.loropiana.com