Gucci
1920-yillar
1921 yilda Guchchio Guchchi o’zining jonajon Florentsiyasida teridan buyumlar ishlab chiqaruvchi ustaxona va sumkalar hamda chemodanlar sotuvchi kichkina do’kon ochadi. U bir necha yil Londondagi Savoyi mehmonxonasida ishlab, sof ingliz olijanobligi estetikasini o’ziga singdirgandan so’ng ushbu hissiyotlarini Toskan hunarmandlari maktabi ustasi tomonidan tayyorlangan eksklyuziv teri buyumlar orqali Italiyada takomillashtiradi.
1930-yillar
Bir necha yillar davomida ushbu marka katta muvaffaqiyatga erishadi. Uning chavandoz tomonidan ilhomlantirilgan sumkalar, sandiqlar, botinkalar va kamarlar kollektsiyasi nozik didli xalqaro mijozlarning e’tiborini o’ziga tortadi. Yugan va uzangi tasvirlari Guchchilar uyining, shuningdek doimiy takomillashib boruvchi dizayn estetikasining barqaror ramzlariga aylanadi.
1940-yillar
Fashistlar diktaturasi davrida Italiyada materiallar taqchilligiga duch kelgan Gucci o’ziga xos ijodiy salohiyat va ixtirochilik layoqatiga ega korxona sifatida dong taratadi. Dunyo e’tiboriga taqdim etilgan "Bambuk Sumka" (tutqichi bambukdan yasalgan xonimlar sumkasi) Guccining dastlabki buyuk kashfiyotlaridan biri bo’lgan edi. Ushbu sumka hozirgacha qirol xonadoni vakillari va taniqlik kishilar e’tiboridan chetda qolgani yo’q.
1950-yillar
1950-yillarda patentlangan, egar ayiliga o’xshatib yasalgan yashil-qizil-yashil tasma katta muvaffaqiyat qozonadi va brendning eng mashhur ramzlaridan biriga aylanib boradi. Milan va Nyu-Yorkda do’konlar ochilganidan so’ng Gucci jahonda zamonaviy hashamdorlik ramzi sifatida taniladi.
Guchchio Guchchi 1953 yilda vafot etadi. Uning o’ғillari Aldo, Vasko, Ugo va Rodolfo ishni o’z qo’llariga oladilar.
1960-yillar
Gucci o’sha davrning eng nufuzli kishilari o’rtasida ommalashib boradi. Djekki Kennedi yelkasiga Gucci sumkasini ilib yuradi, u bugungi kunda u 'Jackie O' sifatida ma’lum. Liz Teylor, Piter Sellers va Semyuel Bekett esa Hobo Bag – «daydilar sumkasi» deb ataluvchi uniseks sumkalaridan foydalanadilar.
Klassik zamsh mokasinlar Nyu-Yorkdagi Kostyum Instituti, San’at muzeyidagi doimiy ekspozitsiyaning bir qismiga aylanadi. Flora ipak sharfi Greys Kelliga atab maxsus tayyorlanadi.
Gucci London, Parij, Palm Bich va Beverli Xillzda do’konlar ochish orqali dunyoni zabt etishda davom etadi.
60-yillarning o’rtalarida ikkita GG harfi ko’rinishidagi afsonaviy Gucci logotipi yuzaga keladi.
1970-yillar
Aldoning intilishlariga ergashgan holda Gucci global kengayish yo’nalishini endilikda Uzoq Sharqqa qaratadi. Tokio va Gonkongda do’konlar ochiladi. Kompaniya o’z brendining sinonimiga aylangan afsonaviy sifat va mahoratga har doim sodiq qolgan holda, yangi, yanada hashamatli materiallar va dizaynga novatorlik yondashuvlari sohasida tadqiqotlar olib borish orqali ishlab chiqarish hajmini oshiradi va har tomonlama kengaytiradi. Buyuk klassika yangi shakl va ranglarda namoyon bo’ladi, yangi toifadagi mahsulotlar yaratiladi.
1980-yillar
1982 yilda Gucci mas’uliyati cheklangan kompaniyaga aylanadi, va rahbarlik Rodolfoning 50 foiz ulushga bo’lgan o’ғli Mauritsio Guchchi qo’liga o’tadi. 1984 yilda Domeniko De Sole Guccining Amerikadagi prezidentiga aylanadi.
80-yillarning oxirlarida Baxreynda joylashgan Investcorp investitsion kompaniyasi Aldo Guchchi va uning avlodlariga tegishli qolgan 50 foiz ulushni sotib oladi.
1990-yillar
Gucci an’ana va yangilikni o’zida innovatsion birlashtirish orqali yanada olamshumul shuhratga erishadi. 1994 yilda Guccining kreativ direktori bo’lgan Tom Ford hashamatli brendni dadillik va provokatsiya hissi bilan to’ldiradi, bu nozik didli elitani hayratga soladi. Yuqori poshnalar va metall detallarga ega ipak ko’ylaklar Fordning o’ziga xos dunyoqarashi ikonalariga aylanadi.
Domeniko De Sole 1995 yilda bosh ijrochi direktor etib tayinlandi va Gucci juda muvaffaqiyatli tarzda aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 1998 yilda Yevropa Biznes Matbuot Federatsiyasining bahosiga ko’ra Gucci iqtisodiy va moliyaviy faoliyati, strategik maqsadlari va boshqaruv sifati uchun Yevropa Kompaniyasi deb topildi. 1999 yilda Gucci va Pinault-Printemps-Redoute o’rtasida strategik ittifoq tuzildi va u Gucci Group multibrend guruhiga aylandi.
2000-yillar
2004 yilda De Sole va Ford o’z lavozimlarini tark etdi va 2005 yilda Mark Li Gucci kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori etib tayinlandi. Bugungi kunda Gucci ijodiy rahbariyatini Frida Djiannini ifoda etadi.
"La Pelle Guccissima " – Djiannini rahbarligida yaratilgan mutlaqo yangi teri bo’lib, Gucci kompaniyasiga xos bo’lgan mahorat va yuksak sifatni aks ettiruvchi brend ramziga aylanib bormoqda.
Gucci by Gucci
Gucci by Gucci - 450 sahifadan iborat tariximiz va an’analarimiz bilan tanishtiruvchi sayohatdir. Bu - Gucci so’zini italyan mahorati, yuksak sifati va go’zalligining sinonimiga aylantirgan hashamat va uslub tantanasidir.
Kitob firma mahsulotlari va Gucciga ishqibozligi tufayli ushbu brend imidjini yaratgan mashhur kishilar fotosuratlar orqali markamiz tarixi haqida so’zlab beradi. Ushbu fotosuratlarning ko’pchiligi birinchi marta e’lon qilinmoqda.
La Pelle Guccissima teri muqovasida ishlangan Gucci by Gucci kitobining maxsus cheklangan nashri Gucci do’konlarida va Gucci vebsaytida sotiladi.
Markaning rasmiy sayti
www.gucci.com