yopish
Регистрация

Авторизация

Логин:
Пароль:
Забыли пароль?

Регистрация

o’zbek русский english

Dolce & Gabbana

Dolce&Gabbana — bu orzu: mahsulotni tayyorlashning eng oliy sifati va uslubiy aslligi (originalligi) bilan farq qiladigan maftukor jozibasining lyuks brendi. Dolce&Gabbana yillar o’tib rivojlanmoqda, bunda har doim o’zligini saqlab: qaytarilmas va vaqtdan tashqari uslub, nostandart dabdabaning ifodasi, mavsumlar o’tib O’rta Yer dengizining madaniy an’analarining o’zgarishsiz qudratli iziga ega bo’lgan eng innovatsion qarorlarni taqdim etuvchi bo’lib qolmoqda. Qarama-qarshi va bir vaqtning o’zida bir-birini to’ldiruvchi tavsiflarning mazkur uyg’unlashuvi uning mohiyati bo’lib hisoblanadi. DG kliyenturasi intensiv hayot kechiradigan, boshqa odamlardan ajralib turishni xush ko’radigan va kiyimlarida o’z shaxsini va hayot uslubini aks ettirish usullarini ko’radigan erkaklar va ayollardan tashkil topgan. Dolce&Gabbana — Anjelina Djoli, Nikol Kidman, Monika Beluchchi, Gvinet Peltrou va ko’pgina boshqa yulduzlarning markasidir. O’zlarining garderoblarida Dolce&Gabbana buyumining mavjud emasligi yulduzlar orasida moveton bo’lib hisoblanadi. Va, albatta, Dolche va Gabbananing eng mashhur mijozi — Madonna bo’lib, uning uchun italiyaliklar uning mashhur turi uchun barcha kostyumlarni o’ylab topishgan va gavdalantirishgan. His-tuyg’ular, an’analar, madaniyat, O’rta Yer dengizining qaytarilmas nafasidan tashkil topgan butun olam — bu Dolce&Gabbana dir.

Markaning tarixi
Kompaniya 1985 yilda Milanda havaskor dizaynerlarning kollektsiyalari namoyish etilgan vaqtdan boshlab paydo bo’ldi. Bu vaqtdan boshlab marka o’ziga ishongan yosh erkaklar va ayollarning ehtirosli va kelishgan uslubining timsoliga aylandi. Ular nafaqat zamona bilan bir oyoqda bo’lib kelishgan. Bo’lib kelishayotirlar, balki uni oldindan sezadilar: bu granj davri oxirida – beshakl, norozilik bildirayotgan kiyimlar davrida ham yuz bergan edi, o’shanda Dolce&Gabbana podiumga nafaqat ayolni, balki sarishta bashang xonimni olib chiqib. Dunyoni lol qoldirgan edilar.Hozirgi vaqtda esa Dominiko Dolche va Estefano Gabbana nomlari insonga har doim bezak beradigan, shart-sharoitlarga qarab o’zgarmaydigan, yangi uslubdan iborat. 2005 yilda Dolce&Gabbana ga 20 yil to’ldi — oliy moda o’lchovlari bo’yicha bu ko’p emas, biroq o’sha 20 yil mobaynida yanada muvaffaqiyatli moda loyihalari bo’lmagan.

Markaning falsafasi
Dolce&Gabbana uslubi zamonaviylik bilan uyg’unlashtirishdagi o’zgarmas hissiyotlar bilan farq qiladi, shuning uchun ikki nafar italiyalik dizaynerlar yoshlik va o’zini ko’rsatishga intilishning timsoliga aylana oldilar. Dolce&Gabbana libosidagi inson, shak-shubhasiz, go’zaldir. U o’zgaruvchan va yorqin hayot kechiradi, yangilikdan qo’rqmaydi va bunda o’ziga ishonadi. Qizil yo’laklar uchun yulduzlarning kunlik kiyimi va dabdabali bezaklarini dizaynerlar bir xil darajada yaxshi amalga oshirishga erishmoqdalar.

Markaning rasmiy sayti
www.dolcegabbana.it