Dior
“Mening martabamga aylangan o’sha ajoyib sayohatning boshlanishida men “OMAD” so’zini aynan shunday katta harflar bilan yozmaganimda noshukurchilik qilgan bo’lar edim”. Christian Dior
50 yildan ortiq vaqt davomida Dior nomi oliy moda va ajoyib ta’m tushunchalari bilan o’zaro bog’liq. Bu marka erkaklar va ayollar uchun mo’ljallangan bo’lib, juda yuqori oliy sifatli klassik asarlar va uslubiyotni taqdim etadi. Dior o’zida klassik ibo, ba’zida dadil ishqparastlik, hissiyotlar, romantizim va nafislikni o’zida uyg’unlashtirgan misli yo’q uslubni yaratdi. Uning kollektsiyalarini san’at asarlari bilan taqqoslash mumkin. Toj kiydirilgan shaxslar va kino yulduzlari har doim Dior Moda uyining pardozlariga buyurtma beradilar. Sheron Stoun, Monika Beluchchi va boshqa e’tirof etilgan go’zallar ushbu markaning uzoq muxlislari bo’lib hisoblanadilar. Dior Uyining buyumlari sirlilik va doimiy nafislik hissiyotini o’zida gavdalantirgan va keyinchalik ham gavdalantiradi.
Markaning tarixi
Christian Dior modalar uyini yaratishda haddan tashqari muvaffaqiyatga erishdi va uning nomi butun yer shariga ma’lum. U ko’p narsalarda: uzun paypoqlar, kosmetika va barcha imkoniyatli aksessuarlar uchun litsenziyalarni rivojlantirishda birinchi bo’lgan. 1946 yilda Marsel Bussakning moliyaviy qo’llab-quvvatlashi bilan Dior o’zining xususiy Kristian Dior Modalar uyini tashkil etdi. Uning dastlabki kollektsiyasi olamshumul muvaffaqiyat qozondi — “New York”, 1947 yil. Urushdan so’ng, odatdagi ayol-askarlardan so’ng, ko’rkam tarmoqlar, keng nafis yubkalar, tarang belli liboslarga ega ushbu kollektsiya katta muvaffaqiyat qozondi. Diorning martabasi qisqa bo’ldi — u 1957 yilda atigi 52 yoshida hayotdan ko’z yumdi. Biroq, Diorning o’limidan so’ng, Uy turli dizaynerlar — Iv Sen-Loran, Mark Boxan va Djanfranko Ferre rahbarligi ostida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatdi. Dior Uyi 1987 yilda sotib olingan. Hozirgi vaqtda jahon miqyosida nufuzli tovarlarni ishlab chiqaruvchi Louis-Vuitton-Moet-Hennessy Group yetakchi kompaniyasi uning egasi hisoblanadi. Djon Galyano hozirgi vaqtda Dior Modalar uyining ijodiy direktori bo’lib hisoblanadi.
Markaning falsafasi
Dior. Bu nom modaning timsoliga aylandi. Galliano rahbarligi ostida nufuzli Christian Dior Modalar uyi bir zumda o’zining sobiq konservatizmini yo’qotdi va turli madaniyatlar va eng noodatiy ekzotik kiyinishlarning haqiqiy o’chog’iga aylandi. Frantsuz ommasi yoqimtoyining tavakkalchilikka asoslangan tasviriy kollektsiyalarini boshqa hech narsa bilan adashtirib bo’lmaydi. Dior ning har bir yangiligi “muvaffaqiyat” bilan (na “ura”) qabul qilinadi. U xoh yung, zargarlik buyumlari, atir-upa, kosmetika yoki aksessuarlar ... “Dior” buyumlariga ega bo’lish — o’ziga xos doiraga — saralab olingan doirasiga tegishli bo’lish demakdir.
Markaning rasmiy sayti
www.dior.com