Christian Louboutin
Christian Louboutin – frantsuz millatiga mansub tug’ma dizaynerdir. Yoshligidanoq uning ilhom manbai va ayni paytda ijodiy faoliyat “maydoni” ayollar oyoq kiyimlari edi, u ularning eskizlari bilan barcha o’quv darsliklarini to’ldirib tashlagan (bo’lajak fashion-guru to’rt marta maktabdan maktabga o’tishining sababi ham shunda).
Christian Louboutin 1964 yilda Parijda qimmatbaho mebel ishlovchi usta oilasida dunyoga keldi, oilada undan tashqari yana uch qiz farzand bor edi. Dizaynerning aytishicha, aynan xotin-qizlar e’tiborining ko’pligi uning nafis ayollar modellarini yaratish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatgan.
1975 yil – moda sanoati uchun muhim davr: Parij ko’chalarida sayr qilib yurgan yosh Christian ustidan qizil chiziq tortilgan yuqori poshnali ayollar tuflisi ko’rinishidagi belgini ko’rib qoladi. Bu piktogramma xonimlarni des Arts Africains et Oceaniens muzeyining bebaho mozaika parket pollarini o’zlarining bejirim ingichka poshnalari bilan tirnamaslikka chaqirar edi. Afsonaga ko’ra, mashhur qizil poshna esa namoyishlardan biri paytida ustaning tasodifan qizil tirnoq lakiga ko’zi tushishi sababli paydo bo’lgan. O’shandan buyon dizaynerning faksimile imzosidagi yuqoriga intiluvchi ingichka shpilkalar va lak bilan qoplangan qizil poshna – Christian Louboutinning o’zga xos sifat belgisi hisoblanadi.
Christian Louboutin Academie Roedererda biroz tahsil oldi, bu yerda u tasviriy san’atni o’rgandi. Biroq uning jahon madaniyatini o’rganishga bo’lgan ishtiyoqi maktab devorlari orasida siqila boshladi, natija u o’spirinlik davridayoq mustaqil Misrga sayohat qildi, keyin bir yil davomida Hindistonni kezib chiqdi.
80-yillarning boshlarida Parijga qaytib kelgan Louboutin o’zining dizaynerlik ishlanmalaridan portfolio tuzdi va Parijning eng yaxshi moda uylariga yubordi. Natijada poyafzal dizayneri Charles Jourdan uni ishga taklif qildi, keyinchalik u 50-yillarda Christian Dior hammuallifi bo’lgan va «shpilka» poshna ixtirochisi Roger Vivier bilan ishlay boshladi.
1980-1986 yillar – u mashhur Parij myuzik-xolli Folies Bergèresda ishladi, shuningdek Chanel, Maud Frizon, Yves Saint-Laurent va boshqa moda uylarining dizaynerlik ustaxonalarida tajriba o’rgandi.
1992 yil – Christian Louboutin brendi yaratildi va Parijda markaning birinchi butiki ochildi. Uning mashhur mijozlaridan biri malika Monako Caroline bo’ldi.
Ikki yildan so’ng dizayner okean ortidada ham o’z muxlislarini topishga muvaffaq bo’ldi, bu unga 1994 yilda Nyu-Yorkda birinchi Christian Louboutin butikini ochish imkonini berdi.
1995 yil – Christian Louboutin poyafzal kollektsiyalari haute-couture va ready-to-wear Jean-Paul Gaultier, Chloé, Azzaro, Diane Von Furstenberg, Victor & Rolf, Givenchy, Lanvin namoyishlaridan o’rin oldi.
1996 yil – International Fashion Group (noyob dizaynerlik iqtidorlarini topish va rivojlantirishni o’ziga maqsad qilib olgan tashkilot) dizaynerni muallif nazaridagi o’ziga xoslik va yangilik uchun Fanny Award bilan taqdirladi.
2002 yil – Yves Saint Laurent kollektsiyasining so’ngi namoyishi uchun Louboutin yangi poyafzal modelini yaratdi, bu Yves Saint Laurent o’z nomini kim bilandir yonma-yon aytilishiga rozi bo’lgan ilk hodisa edi, shu tariqa «Christian Louboutin for Yves Saint Laurent Haute Couture 1962-2002» brendiga asos solindi.
2003 yil - Christian Louboutin o’zining sumkalar liniyasini ishga tushirdi.
2007 yil – Christian Louboutin David Lynch bilan hammualliflikda fotograf David Lynch tomonidan suratga olingan eng yorqin poyafzal dizayni asarlarini o’zida birlashtirgan «Fetish» ko’rgazmasini tashkil qildi.
2008 yil - The Fashion Institute of Technology Nyu-Yorkda Louboutin moda rivojiga qo’shgan munosib ulushni e’tirof etgan holda, uning asarlarini keng targ’ib qila boshladi.
Louboutin go’zal «shpilkalar» yordamida ayolga qirolichalarga xos qaddu-qomat va nafosat baxsh etib, uni yuksaklika olib chiqadi.
www.christianlouboutin.com