Brioni
Vaqtga tobe’ bo’lmagan Moda uylari mavjud. BRIONI — oltmish yildan ortiq vaqtdan buyon mavjud bo’lib kelgan Uslub uyi bunga eng yaqqol misol bo’lib hisoblanadi. BRIONI nomi o’zining mavjud bo’lishining dastlabki davridan boshlab dabdada va bejirim italyancha didning sinonimiga aylandi. Bugungi kunda butun dunyoning siyosiy, ish va ijodiy elitasining namoyandalari (vakillari) BRIONI kostyumlarini kiyib yurishadi.
Markaning tarixi
Marka 1945 yilda ikki nafar iste’dodli inson — bichuvchi Nazareno Fontikoli va modeler Gaetano Savini — Rimda erkaklar uchun dastlabki Zamonaviy kiyim-kechaklar uylaridan birini ochdi. Ikkala hamkor uni Adriatikadagi nufuzli kurortlardan birining sharafiga Brioni deb atashdi. Ko’pgina modelerlar bu joyda qo’yilgan oqsuyaklar (aristokratiya) va siyosiy elita kiyimlariga mo’ljal olishgan. Ko’ylaklarining bichimi, an’analar sifatning timsoliga aylandi.
Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi bilanoq Brioni uyi kelishgan bashang an’anaviylikni qaytadan vujudga keltira boshladi. Va ushbu qadam birdaniga ko’tarinki ruh bilan qabul qilindi. Qiziqish kollektsiyaning sifati bilan birgalikda ortib bordi, xaridorlarning keti uzilmadi.
BRIONI kiyim-kechaklari xalqaro darajadagi hayratlanishga olib keldi — u yangi uslubiy qarorlarga muhtoj bo’lgan italiyaliklar, hamda erkaklar kostyumining yetakchilik qilgan ingliz stilidagi ortiqcha sipoli takabburligining mavjud emasligidan qoniqish hosil qilgan xorijliklarni ham qanoatlantirgan. Shunday qilib, Uyga jahon oqsuyakari (aristokratiyasi) vakillarining hayrihohligini qozonishga imkon bergan eksklyuziv BRIONI uslubi yuzaga keldi.
O’zining mavjud bo’lishidan boshlab dastlabki o’n yil ichida BRIONI Uyi jahon modasiga yangi pret-kutyur yoki keyinchalik «kontinental uslub» nomiga ega bo’lgan uslubiy yechimlarni kirdirishga ulgurdi: faol hayot tarzi uchun yaratilgan, kelishgan va qulay, bunda yorqinligi va hatto bir oz tovussimon kekkayish ni kamaytirmaydigan kiyim-kechaklarni taqdim etishga erishdi.
Mijozlarning soni shiddatli tarzda ortib bordi. Ularning talablarini qondirish maqsadida Brioni Abruzoda fabrika ochishdi, aynan shu yerda tajribali tikuvchilarning nazorati ostida bu markaning shoh asarlari yaratilgan. Biroz vaqt o’tganidan so’ng kompaniya rahbariyati ko’ylak tikadigan fabrikani va charm modalari uyini sotib oldi. So’ngra esa ayollarga mo’ljallangan kichim-kechaklar chiqa boshladi.
1952 yilda ITALIAN HIGH FASHION SHOWDA muhim voqea sodir bo’ldi — modalar tarixida birinchi marotaba erkak-modellar podiumga chiqishdi, bunda ular nufuzli BRIONI kostyumlarini kiyib olgan edilar. Namoyish Amerika «moda» elitasining vakillarida unutilmas taassurot qoldirdi. Ularni hammasidan ko’proq ranglarning ko’pligi hayron qoldirdi: mashhur malinali kostyum katta muvaffaqiyat qozondi.
BRIONI erkaklar kostyumini haqiqiy qadrlovchilarning ko’nglini zabt etishga erishdi. Bu haqda Uy va Gollivud o’rtasida yuzaga kelgan iliq munosabatlar guvohlik beradi. Klark Geybl, Garri Kuper, Genri Fonda, Djon Veyn va Kirk Duglas kabi yulduzlar VIA BARBERINI kiyimlarini kiyish maqsadida Rimga tez-tez kelib turishgan. Djeyms Bond 1962 yilda dastlabki «bondianlar» filmining chiqishidan boshlab aynan BRIONI kostyumlarida olifta kiyinib yuradi.
Markaning falsafasi
Brioni ning mohiyati nimada? Hayratlantirishga intilishida. Dadil ranglar bilan hayron qoldirish. O’z vaqtida yarim qadam ortda qoldiradigan siluet bilan hayron qoldirish. Erkaklar modasining eng konservativ sohasida yaratilgan marka uchun — bu pichoq tig’ida yugurishdir. Biroq yarim asrdan ortiq vaqt davomida Brioni muvozanatni yuksak darajada saqlab kelmoqda.
«Biz moda bilan emas, balki uslub bilan shug’ullanamiz. Bizni vaqtdan tashqari mavjud bo’lgan, va faqat insonlarning o’zlari o’zgargandagina o’zgaradigan uzoq muddatli buyumlar qiziqtiradi». Bu esa zamonaviy moda dizaynerlarining «kostyum o’likligi»ligi haqidagi aqidalari uzoq tarixga ega bo’lgan kompaniya uchun ahamiyatga ega emasligini bildiradi. Hozirgi vaqtda BRIONIda kostyumlar aynan o’sha 1945 yildagi uslublar bilan tayyorlanadi, shakllari ham o’zgarishsiz qolmoqda.
Brendning muvaffaqiyati ko’pincha BRIONI rahbariyati ularning doimiy mijozlarining hayot uslubidagi barcha o’zgarishlarni hech qachon e’tibordan chetda qoldirmaganligi omili bilan izohlanadi. Masalan, 50-yillarning oxiriga kelib sayohatlarning yangi turi — samolyotda uchishlar ommalashib ketdi, hamda BRIONI dizaynerlari sayohatlar va faol hayot tarzi uchun mo’ljallangan egnidan kam yechiladigan erkaklar kiyimini ishlab chiqqan holda, ushbu bo’shliqni ham egallash muvaffaqiyatini qo’ldan chiqarishmadi.
BRIONI falsafasiga binoan, o’zgarishlar, o’zlari tomonidan o’ylab topilgan modellar va tendentsiyalar tezda jonga tegadigan injiq dizaynerlarning xarxashalariga bog’liq emas, balki birinchi navbatda, mijozning o’zidan kelib chiqadi. BRIONI tomonidan foydalaniladigan materiallar endilikda yanada yengil, yanada chidamli va g’ijim bo’lmaydigan bo’ldi. 1965 yilda ilk marotaba xususiy mijoz tomonidan buyurtma berilgan sayohatchi uchun mo’ljallangan kurtka hozirgi vaqtga qadar BRIONI assortimentida taklif etiladi; uning andazalari va 17 ta cho’ntaklari o’sha vaqtdan buyon o’zgarishsiz qolgan.
Qo’l mehnati
Kiyim-kechakning har bir qismiga eng kamida 18 ish soati ketadi. Va bu, agar detallni detallga moslashtirish uchun ketadigan tanaffuslarni hisoblamaganda, shuncha vaqt ketadi. Axir jun — bu tirik mato, u har bir figuraga chidashi va nafas olishi lozim. Shuning uchun kostyum ikki oy mobaynida kamida 184 marta ho’l latta bilan dazmol qilinadi.
Shuningdek, BRIONI Modalar uyi qoshida tikuvchilarni o’rgatadigan xususiy muassasa mavjud. Bu muassasa kamdan-kam uchraydi — u qobiliyatli talabalarga bevosita BRIONI ustalari tomonidan o’qitiladigan to’rt yillik ta’lim kursini taklif etadi.
Natijada BRIONI Uyi boshqa shunga o’xshash kompaniyalardan farqli ravishda yangi kadrlar va yosh talabalarning tashabbusi bilan mustahkamlangan g’oyalarning xususiy manbasiga ega. «Mazkur tashabbus tikish matolari va texnikasini chuqur bilishga asoslangan», — deydi BRIONI manufakturasining boshqaruvchisi Jan Franko de Mate.
Bugungi kunda manufakturada 1200 ga yaqin kishi mehnat qiladi, ulardan ko’pchiligini ayollar tashkil qiladi. Ular ikki smenada ishlaydilar, har kuni qo’lda 300 ta pidjak, yoki bu yerda 300 ta yeng deb atash qabul qilingan, tayyorlaydilar. Qavatdagi ishlab chiqarish jarayonida bevosita band bo’lmagan yagona insonlar — bular tikuvchi-auditorlar bo’lib, ular diqqat bilan mahsulotlarni qarab chiqishadi, va ba’zi hollarda har bir «eng»ni uni tayyorlashning har qanday bosqichida yaroqsiz deb topishadi.
Marka vakillarining so’zlariga qaraganda, har bir ko’ylak uchun tugma teshiklarini qilishning o’ziga 60 nafar ayol, har bir tugma teshigiga 10 daqiqa vaqt zarur bo’ladi. «Agar yoqani qo’l bilan tikib chiqmasa, u juda ham qattiq», – deyishadi ular. — Hamma narsa qo’lda tayyorlanishi lozim... shunday qilsa yaxshiroq!».
Matolar
BRIONI ning bichimlari amalga oshiriladigan binoda matolarning ko’p sonli o’ramlarini ko’rish mumkin, javonlarda eng qimmat narxdagi matolar shoyi tvid, yung gazlama va Irlandiya va Shimoliya Italiyadan keltirilgan zig’ir tola o’z navbatini kutib turibdi; yangi yaxshi sifatli jun maxsus harorat ostida saqlanadi. Turli to’qimachilik fabrikalarining vakillari ularda biror-bir yangilik paydo bo’lganda, eksklyuziv taklif etgani kelishadi, chunki ular bu yerda katta miqdordigi kiyim-kechak tayrlanishini bilishadi va u yoki bu matoning eng yaxshi taqdimotini amalga oshirishadi.
Hatto, omborxonada Ispaniya qiroli Filipp II ga sovg’a qilingan, va endilikda Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tasmaniya orolida ko’paytiriladigan to’dadan kelib chiqqan qo’yning junidan yaratiladigan «ekskorial» nomli mato ham saqlanadi. U ushlab ko’rganda juda ham mayin va tabiiy elastik tolaga ega, shuning uchun u cho’ziladi va umuman g’ijimlanmaydi. BRIONI Uyi ishlab chiqarishda foydalaniladigan matolarning yarmiga eksklyuziv huquqlarga ega. Bu shu bilan izohlanadiki, matolarning 90% shu darajada qimmatki, boshqa hech kim uni o’zining ishlab chiqarishida foydalanishga botina olmaydi.
O’lchoviga qarab qilingan
BRIONI rahbariyati o’zlarining ishlab chiqarishini ishchi kuchi arzon, ishlab chiqarish esa ko’p bo’lgan mamlakatga ko’chirish niyatlari mavjud emas. Brendning qalbi har doim eski maktab an’analarida tarbiyalangan tikuvchilar hozirgi vaqtga qadar matoni qo’lda bichadigan va bichimlari BRIONI arxivida saqlanadigan o’zlarining mijozlaridan o’lchamlarni shaxsan oladigan Rim va Milandagi ateleda qoladi. Kostyumni tayyorlashga yozilish juda oson emas — barchasi yarim yil, plyus ikki oy oldin yozib qo’yilgan — o’zining egasiga butun umr xizmat qiladigan kostyumni tayyorlashning standart muddati.
Buyurtma berilgan kostyumni tayyorlash 150 ga yaqin operatsiyadan tashkil topgan: bichish, qayrab bitirish, bezash, tugma teshiklarini qo’lda qayta ishlash. Ushbu operatsiyalarning har biri 18 dan 30 soatgacha ish vaqtini talab qiladi, bunda ushbu vaqtning qariyb yarmi qo’l mehnatiga ketadi.
Brioni bugungi kunda
Hozirgi vaqtda 900 nafar tikuvchi har mavsumda 200 ta model yaratishadi. To’rtinchi qismi yiliga bir necha marotaba 2–3 buyumga buyurtma beradigan 25 ming nafar maxsus mijozlar uchun tikiladi. Aytishlaricha, bir mahallar O’rta Sharqdagi sultonlardan biri bir oyda 100 ta kostyumga buyurtma bergan.
Bugungi Brioni — butun jahon bo’ylab 500 dan ortiq butiklar, Pennadagi fabrikada 1100 nafar xodimlar, 25000 nafar mijozlar (turkiyalik milliarderning 5 yoshli o’g’lidan tortib sumo bo’yicha Yaponiya chempioniga qadar, hamda Kofi Annandan tortib Pirs Brosnanga qadar), shuningdek bashanglikni oson va qulay amalga oshira oladigan modelerlarning nufuzi. Firma o’z mijozlariga nafaqat kiyim-kechak, balki aksessuarlarini ham taklif etadi.
BRIONIning eng hayratli yanligigi sifatida 1999 yilda kutyurlardan tortib ayollar uchun mo’ljallangan kiyim-kechaklarning paydo bo’lganligini va bu bilan nihoyat, ayol oqsuyaklarning erkaklardagi kabi bunday sifatdagi kiyim-kechakni kiyish huquqi kamsitilishining bekor qilinganligini e’tirof etish mumkin.
Shunday qilib, BRIONI, 60 yil oldingi kabi 1960 yilda Federiko Fellini tomonidan DOLCE VITA («shirin hayot») deb atalgan kam sonli hodisalarning kamolotlaridan biri sifatida qolmoqda.
Markaning rasmiy sayti
www.brioni.com