Balmain
1945 yil Pier Balman Parijda xususiy Modalar Uyini ochib, Evropa ayollarining go’zallikka intilishlarini qo’llab quvvatlash va bu bilan yuqori modaning bir asrlik an’anasiga yangi hayot nafas berishdek ulug’ qadamga jur’at qilib, Kristobal Balensiaga va Kristian Dior bilan bir qatorda parijlik buyuk uch dizaynerning biri bo’lib tanildi.
1910-yillar
Pier Balman 1914 yili frantsuz shaharchasi Sen Jan de Marienda dunyoga keldi. Uning oilasi nihoyatda ta’minlangan oilalardan bo’lib, modalar sanoatiga bevosita aloqador edi: otasi – tikuv ishlab chiqarish manufakturasiga egalik qilar, onasi esa kiyim stili sohasida mutaxassis-consultant edi.
Pierni yoshligidan matolar bilan ishlash mahorati o’ziga jalb qilar va uni tafta yoki organzaning ajoyib go’zal liboslarga aylanish jarayoni hayratga solardi. O’z taqdirini aniqlab, Pier dizaynerlik sirlarini o’rganish maqsadida Parijga otlandi. Modalar poytaxtida ilhomlangan Pier o’ziga tanish bo’lgan Parij atelyelarining qaysi biriga bo’lmasin ishga o’rnashishga jazm qiladi.
1930-yillar
Bir yillik behuda sarsonlikdan so’ng Balmanga nihoyatda omad kulib boqdi – 1936 yili modelyer Edvard Molinek uni o’quvchilik amaliyoti uchun taklif qiladi va albatta unga yordamchi bo’lish niyatida Balman Akademiyani tashlaydi. 1939 yildan boshlab Balman Lyusyen Lelongga ishga o’tadi. Oynavand jiloli kashtachilik and oynavand toshlar bilan ishlash uquvi keyinchalik Balmanning mashhur yaraqlagan ko’ylaklarida oz aksini topadi. Lelongning Moda Uyida Balman Kristian Dior bilan tanishadi va u bilan yonma-yon turib yillar davomida hamkorlik qiladi. Ular hatto ba’zan qo’shma Modalar Uyi ochish xayoliga ham boradilar.
1940-yillar
1945 yilda Balman ozining xususiy Moda Uyini ochadi. Balmanning birinchi kollektsiyasi – dag’al matodan tikilgan nimchalar, yangi maqomda tikilgan kimonolar, kechki kostyumlar, taftadan tikilgan tor kechki ko’ylaklar, sun’iy meva barglari bilan, kumush jiloli kashta va yaltiroq toshlar bilan bezatilgan serhasham bal liboslari yuqori moda shinavandalari diqqatiga taqdim etildi. Shunday qilib, Balman urush yillarida butunlay unutilgan oilymaqom hashamatni podiumga qaytaradi. Birinchilar qatorida u mashhur tor bel va undan keskin farqlanadigan keng ko’lamli ‘qo’ng’iroq’ yubka siluetini taklif qiladi.
Balman taqdim etgan stil butun elleginchi yillar davomida ‘yangi frantsuz stili’ nomi ostida katta muvaffaqiyat qozonadi.
1950-yillar
Nyu-Yorkda birinchi Balman magazini ochiladi. Bu paytga qadar Frantsiyada faoliyat yuritgan modelyerlardan faqat Kristobal Balensiagagina amerika bozorlarida tanilgan edi – u ham bo’lsa faqat yirik savdo markazlari doirasida. O’z xususiy nomi ostida savdoga chiqarilgan Balmanning asarlari muvaffaqiyat qozonadilar, negaki, Balman ‘frantsuz stilini’ sal kamroq nozik amerikalik ayollar didiga yoqadigan qilib moslashtirgan edi.
Balmanning AQSHdagi faoliyati kinoindustriya bilan hamkorligi orqasida yanada mustahkamlanadi. Dizayner ‘Va Xudo ayolni yaratdi’dan tortib, ‘Nafis tun’gacha - yuzdan ortiq filmlar qahramonlari kostyumlarini yaratadi. Balman o’z vaqtining eng go’zal va mashhur kino yulduzlari Vivien Li, Marlen Ditrix, Brijit Bardo, Ketrin Hepbern va boshqalar uchun liboslar yaratadi. Uning mijozlari orasida elchilarning rafiqalari va oliy tabaqaga mansub qirollik oilalari a’zolari bor edi.
1960-1970-yillar
Modada bosiqlik va kamtarin elegantlik davri boshlanadi. Dunyo moda arenasida Pikasso va Mondrian asarlari taqlidida suratlar ishlatib Iv Sen Loran hukmronlik qilayapti. Balmanga mansub bo’lgan haddan ortiq bayramona liboslarga bo’lgan qiziqish tobora kamayib borayapti. Dizayner esa parvo qilmay, oltin yugurtirilgan nozik qo’l kashtachiligi, bronza, dur ishlatib, shunigdek, nozik turli kulrang, sovuq havorang shoyi iplar bilan ishlaydi, ko’ylaklarni tilla yugurtirilgan marjon donalari bilan bafurja bezaydi.
1980-2000
1993 yil Balman Moda Uyini qariyib 10 yil davomida boshqargan Oskar De La Rentaning Moda Uyining kreativ directori sifatida faoliyat boshlashi yili bo’ldi. 2000 yilda uni ayollar kiyimining ‘eng yaxshi dizayneri’ deb ataydilar. Ammo, ajoyib moda mahorati sohibi bo’lishiga qaramay, De La Rentaning tayor kiyimlar kollektsiyasi birmuncha achinarli chiqadi. Albatta Oskarning o’z Moda Uyida bajaradigan ishlar hajmi uning Balman Uyining ishlariga o’zini etarli bag’ishlashiga to’sqinlik qildi va natijada ‘dizayner’ sifatida ikkiga bo’linish Oskarning doimiy mijozlarini yo’qotishiga olib keldi.
2000-2010-yillar
2001 yil esa De La Rentaning o’rnini Loren Mersye egalladi. 2005 yilda brendga yordamga yangi investorlar keladilar, kreativ director vazifasiga esa Paco Rabanne uyida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatgan Kristof Dekarnen taklif qilinadi. “Tan olish qanchalik qayg’uli bo’lmasin, yuqori moda davri o’tdi. Yangi texnologiyalar yaratildi va original g’oyalar vaqti keldi - men o’z ishimda ana shularga tayanaman” – bu so’zlar bilan Dekarnen haqiqatan ham qisqa muddatda Balman Uying o’tmishdagi shuhratini qayta tiklaydi va ushbu brendni zamonaviy talabni hisobga oluvchi yangi bosqichga olib chiqadi.
Bir yil ichida brendning daromadi ashaddiy savdo va andishasiz baholar hisobiga ikki barobar ko’paydi. Dekarnen modellari haddan tashqari jozibador va shu bilan birga chidab bo’lmaydigan darajada qimmatbaho. U cheksiz ijodiy kuchini ko’rsatib, trendlarni boshqaradi, ularni kinoya qiladi va ….har namoyishida yangidan-yangi g’alabalarga erishadi.
Dekarnenni xuddi Balman singari bezaklarga bo’lgan hissiyoti ajratib turadi: uning ishlari turli taqinchoqlar va oynavand toshlar bilan to’lib-toshgan. Balman o’z tarjimai holida –“tinimsiz mehnat yuqori moda san’atini arxitektura bilan bir qatorga qo’yadi”, deb yozadi. Dekarnen bo’lsa oddiygina qilib, “Xo’sh nima bo’libdi? Balman – axir bu qoyilmaqom qiyomat qizlar uchun-ku!”
Markaning rasmiy sayti
www.balmain.com