Balenciaga
"Balensiaga" - Kristobal Balensiaga rahbarligidagi mashhur modalar uyining nomi – moda sanoatining barcha kasb ustalariga tanish.
Kristobal Balensiaga o’zining Oliy Moda uyini Parij shahrida 1937 yili ochib, 30 yildan ortiq davr mobaynida kiyim yaratgan, bu kiyimlarning mutanosibligi va qiyofasi XX asrda moda rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Moda ustasi ko’pincha o’z qadrdon Ispaniyasida – uning tarixi va an’analarida ilhom manbaiga erishgan. Balensiaga yaratgan ko’ylaklar yuqori sirib turgan o’ta xipcha beli va matoning oqib tushishi bilan ajralib turgan, u shuningdek aniq ko’rsatilgan siluetli katta hajmli paltolarni yaratgan, bezak uchun mo’ynadan foydalanishni yaxshi ko’rar edi. Balensiaga Yuber Jivanshi, Emmanuel Ungaro va Oskar de la Renta kabi yirik moda ustalarining murabbiysi bo’lgan.
Bugungi kunda "Balensiaga" - oliymaqom modalar o’ylaridan birigina emas, bu moyillilar yuzaga keladigan hamda butun moda sanoati uchun yashirin karomatlar chiqadigan joydir. Hech bir kasb ustasi - xoh «yaltiroq» jurnal muharriri, jurnalist, tahlilchi yoki xaridor bo’lsin, Gesker ko’rsatgan kiyimlar namoyishini qoldirib keta olmaydi.
Rusumning tarixi
1918 yil — modeler Kristobal Balensiaga Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida atele ochadi
1933 yil — Madrid va Barselonada ikkita tikuv ustaxonasini sotib oladi
1936 yil — Ispaniyada fuqarolik urushi boshlanganidan keyin Frantsiyaga qochib ketadi
1938 yil — Parijda Balenciaga Modalar Uyini ochadi
1941 yil — Frantsiyalik kinoyulduzlar Elen Perdrer va Elis Koke uchun ko’ylaklar tikadi
1945 yil — Parijdagi urushdan keyingi birinchi fashion-show «Moda teatri» da ishtirok etadi
1946 yil — Le Dix atirini chiqaradi
1950 yil — Balenciaga ning havo pufaklari bo’lgan ayol ko’ylaklari va yoqasiz erkaklar ko’ylaklari kollektsiyalari jahon fashion-bozorida shov-shuvga sabab bo’ladi
1951 yil — keyinchalik rusumning «vizit kartochkasi» bo’lgan bluza-telnyashkani taqdim etadi
1956 yil — birinchi mayka-tunikani chiqaradi
1959 yil — Jan Koktoning «Orfey vasiyati» filmi uchun kostyumlarni ishlab chiqaradi
1968 yil — o’z kompaniyasining badiiy direktori mansabidan ketadi, modalar uyini yopadi va Ispaniyaga ketadi
1972 yil — Kristobal Balensiaga vafotidan keyin Balenciaga Modalar Uyi tang ahvolda qoladi
1978 yil — Balensiaga uyi, shu jumladan o’ta muhim parfyumeriya yuiznesi ustidan nazorat Hoechst qo’liga o’tdi
1986 yil — uy ustidan nazorat Group Jacques Bogart qo’liga o’tdi.
1997 yil — kompaniyaning badiiy direktori lavozimiga Nikolas Gesker tayinlangan
2001 yil — Gucci Group Balenciaga ni sotib oladi
2006 yil — Modalar uyi charm attorlik buyumlarining birinchi kollektsiyasini chiqaradi
2007 yil — Parijdagi Moda muzeyida Balenciaga Paris ekspozitsiyasi ochilgan.
Rusum falsafasi
Balenciaga – bu intellektual oliy moda rusumi. Kristobal Balensiaga щz hayotini oliy moda uchun yangi texnologik yo’llarni izlashga baxsh etgan. Balenciaga rusumining uslubiy ishoralari: ko’zga tashlanib darhol taniladigan bichim usuli, to’yingan qora rang, yo’l-yo’l, katak, donador rangli matolar, guldor matolar. Qomatning hajmi ta’kidlab ko’rsatilgan, qomat mato bilan mayin o’ralishi bo’lmagan, nigoh eng avval ayol bo’yni va ko’kragiga tortilar edi. Odatda maqtov qilgisi kelmaydigan Gabriel Shanel «Faqat Balensiagani tom ma’nodagi dizayner deb atash mumkin. Qolganlari moda uslubchilaridan boshqa narsa emas», - deb aytgan.
Oliy darajadagi dizayner bo’lgan holda, Balensiaga jahonning eng jozibador va yuksak martabali ayollarini kiyintirar edi. Balenciaga ko’ylagini kiygan ayol unga atrofdagilar bergan benihoya ulkan e’tiboriga muvofiq kelish uchun zini faqat qirolichadek tutishi mumkin.
«Yaxshi dizayner, - degan Kristobal Balensiaga, - eskiz chizayotgan me’mor, go’zal shakl yaratayotgan haykaltarosh, ranglarni qo’shadigan rassom, uyg’unlikka sezgir bastakor va me’yorini biluvchi faylasuf bo’lishi lozim». Tanqidchilar tomonidan bir ovozdan daho deb e’tirof etilgan Nikolya Gesker Balenciaga ning ijodiy rivojlanishini a’lo boshqaradi va oson yo’llarini izlamaydi.
M
arkaning rasmiy sayti
www.balenciaga.com/