Tom Ford
Tom Fordning tarjimai holi
Texaslik to’polonchining fashion-industriyada fikri sudyaning hukmiga tenglashadigan dizaynerga aylanishi amerikaliklar orzusidan uzoqroq bo’lgan muvaffaqiyatdir. Kolaversa, Tom Ford hech qachon o’zi o’rnatmagan andozalarga amal qilgan emas. Ehtimol, uning tarbiyasida oilada hukm surgan erkin va ozod muhit, shuningdek uning onasi – konservativ Janub uchun ancha ekstravagant, didsiz kiyinishni tarbiyasizlik va atrofdagilarga nisbatan behurmatlik o’rnida ko’radigan go’zal ayolning ta’siri sezilarli rol o’ynagandir. Shuning uchun Tom Ford 12 yoshidayoq o’z garderobini bir juft Gucci kiyimlari bilan boyitganining hech ajablanarli joyi yo’q.
Tom Fordning bolaligi asosan Santa Fe, New Mexicoda o’tdi, u o’smirlik yoshida Nyu-Yorkka keldi va 1979 yilda Nyu-York universitetiga san’at tarixi kursiga o’qishga kirdi. Keyinchalik u o’z e’tiborini interer dizayniga qaratdi, ushbu yo’nalish bo’yicha Parij va Nyu-Yorkda nufuzli Parson's maktabida ilmiy darajaga ega bo’ldi, so’ngra kiyimlarni modellashtirishni ham o’zlashtirib, shu bilan moda olamiga mashhur muassadagi tahsilini tugatdi.
Tom Ford dizaynerlar Cathy Hardwick va Perry Ellis America ustaxonalarida assistent bo’ilb ishlab yurgan davrida, 1990 yilda unga Milandagi Gucci modalar uyidan ushbu marka uchun ayollar kiyimlari dizayni bilan shuғullanish taklifi kelib tushdi. U taklifni jon deb qabul qildi va keyingi 4 yilda xizmat pillapoyalaridan shiddat bilan yuqoriladi - avval butun divizionning dizayn bo’yicha direktori pozitsiyasini, so’ngra moda uyining kreativ direktori lavozimini egalladi va tayyor kiyimlar, parfyumeriya liniyasini ishlab chiqish bilan shuғullanadi boshladi. Uning majburiyatlariga brend imidji uchun javobgarlik, jumladan mahsulotning bozordagi o’rnini kengaytirish va butiklarning o’ziga xos va tanish dizaynini yaratish kiradi. Iqtidorli dizayner va rahbar 80-yillardayoq asta-sekin so’nishni boshlagan Gucci modalar uyini deyarli o’z qo’li bilan ko’p milliardli brendga aylantirdi hamda eng ko’p foyda keltiruvchi lyuks markani yaratdi.
Ustaning muvaffaqiyatlari qatoridan eng muhim moda sovrinlari o’rin olgan:
1995 yil –Vogue Fashion Award (AQSh) va Footwear News bir paytning o’zida Toma Fordni yilning eng yaxshi yosh dizayneri deb topishdi. Eleonora Lambert esa uni o’zining eng yaxshi kiyinadigan kishilar ro’yxatiga kiritdi. Xuddi shu yili CDFA uni eng yaxshi xalqaro dizayner unvoni bilan mukofotladi.
1996 yil – Ford erkaklar va ayollar kolektsiyasi uchun Vogue Fashion Award mukofotiga sazovor bo’ldi.
Fashion Editors Club (Yaponiya) Fordni yilning eng yaxshi dizayneri deb topdi, buni Ispaniyada Aguja de Roco Designer va Telva Magazine ham tasdiqladi.
1997 yil – AIDS Project Los Angeles tomonidan eng yaxshi dizayner sifatida TAQDIRLANDI. People jurnali esa Tom Fordni planetaning 50 ta eng go’zal insonlari ro’yxatiga kiritdi.
1999 yilda, Gucci Group xoldingi tarkibiga keng tanilib borayotgan Yves Saint Laurent va YSL Beaute markasi qo’shilgandan so’ng Ford uni kreativ direktor sifatida boshqara boshladi. Jozibador va dabdabali ready-to-wear kollektsiyalarining muvaffaqiyati vositasida Tom Ford YSL ni haqiqiy lyuks brendga aylantirdi.
Kuchli o’ziga ishonchdan kuch olgan iqtidor va muvaffaqiyat tajribasi Ford va uning ijrochi direktori Domeniko de Soleni o’zlarining erkaklar uchun ready-to-wear kiyimlar, aksessuarlar va muattar hidlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tom Ford modalar uyini ochishga undadi. Muvaffaqiyat o’zini uzoq kuttirib qo’ymadi, bu haqda Ford shunday deydi: «Bu kasb qandaydir darajada o’z egongni oziqlantirishga yo’naltirilgan. Dizayner bo’lish va odamlarga qanday kiyinishni, uylari qanday ko’rinishda va ularni o’rab turuvchi olam qanday bo’lishini o’rgatish – bu moda va uslub yordamidagi o’ziga xos hukmronlikka o’xshaydimi axir?».
2006 yil – Tom Ford Tom Ford Beauty liniyasini yaratadi va ayni paytda aksessuarlar kollektsiyasi uchun ACE (Accessories Council Excellence) mukofoti bilan taqdirlanadi.
2007 yil V Nyu-Yorkda Medison Avenyuda Tom Ford o’zining birinchi xususiy, to’liq boshqariladigan Tom Ford butikini ochdi.
2008 yil – Ford yilning eng yaxshi erkaklar kiyimlari dizayneri sifatida CFDA mukofotiga sazovor bo’ldi. Shu yilning iyunida Milanda butik ochdi va Londonda (2009), Los-Andjeles va Gavay orollarida (2010) butiklar ochishini e’lon qildi.
www.tomford.com