Brunello Cucinelli
Brunello Cucinelli modalar olamida o’zining kashemirdan yaratilgan bashang asarlari bilan tanildi va e’tirofga sazovor bo’ldi. Dizayner o’rtacha boy xonadondan kelib chiqqan, shuning uchun hand-made usullarini qo’llash, uning o’z so’zlari bilan aytganda uni bolalikdan mashg’ul etib kelgan.
Brunello 1978 yilda 25 yoshida 300 nafar xodim va 250 amerika dollari miqdoridagi asosiy sarmoya ish boshlaganida katta moliyaviy yutuqqa umid bog’lamagan edi. Ikki yildan so’ng u o’zining birinchi hammuallifi va bo’lajak kompaniya hamta’sischisini ishga yolladi. Birinchi sotuv nuqtalari o’sha paytda iqtisodiyoti eng barqaror mamlakatlar – Germaniya va AQShda ochildi.
1985 yilda dizayner o’zining ilhom parisi va bo’lajak rafiqasi Federikaning ona shahrida, Solomeo degan joyda yarim xaroba holatidagi o’rta asrlar qal’asini sotib oldi. Shu yili binoni ta’mirdan chiqardi va o’z kompaniyasining bosh ofisini shu yerga ko’chirdi.
Italiyaliklarning dizaynerlik nou-xaularini ixtiro qilish qobiliyatiga qattiq ishongan, ko’p asrlik kiyim tikish madaniyatiga tayangan va qo’lda bezak berish usullarini qo’llagan holda, Brunello o’z kiyim liniyalarini yaratishni faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ishonib topshiradi. Shu bois Cucinelli mahsulotlarini xarid qilgan iste’molchi ular 100% italyanlar tomonidan tayyorlanganiga ishonishi mumkin.
Marka ko’chadan ilhom oladi. Dizayner shaharga yaqin italyan qishloqlarini aylanib, yo’lovchilarni, ularning u yoki bu detalni ko’rsatib berish usullari va odatlarini sinchiklab o’rganadi, so’ngra ko’rganlarini yangi dabdabali siluetlarda gavdalantiradi.
Brunello Cucinelli erkaklar liniyasi alohida e’tiborga sazovor. Dizayner bashang klassikani sport uslubining e’tiborsizligi bilan birlashtira olgan. U qo’lda yasalgan xonaki elementlarni mohir ustalarning ishlari bilan birlashtirgan, bunda u erkaklarning high-end sinfidagi klassik kostyumlarini tikishda ishlatiladigan maxsus fakturali hashamatli matolardan foydalanadi. Ingliz kostyumlari, smokinglari va boshqa rasmiy kiyimlar atributlar siluetlari atletik liniyalar, kundalik uslubning hashamatsiz bashangligi va shinamligi bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
2004 yilda nufuzli Robb Report jurnali o’zining har yili e’lon qilinadigan «Best of the Best» nashrida Brunello Cucinellini eng yaxshi erkaklar sport kiyimlari dizayneri deb e’tirof etdi. Bundan avval Robb Report magazine Cucinellini «korporativ uslub va casualni dadil, biroq uyg’un tarzda birlashtirib erkaklar kostyumi ko’rinishini o’zgartirib yuborgan italyan dizayneri» deb baholagan edi.
Cucinelli modada fyujn yo’nalishi tarafdori bo’lgani holda, casual-obrazga bejamdorlik va nafislik baxsh etadi hamda hurmatga sazovor biznesmenning rasmiy «qiyofasini» biroz yumshatadi. U bleyzerlarni konstruktsiyalashda ularni an’anaviy tuzilmaviy detallardan xalos qiladi. Ikki bortli va bir bortli kostyumlarni esa norasmiy obrazni yaratish uchun cheti qirqilgan to’g’ri bichimli shimlar bilan birlashtirdi, shuningdek bunga shinam polo ko’ylaklari va zamsh botinkalarini qo’shdi.
Rentabellik har qanday binesning ajralmas qismi hisoblanadi, biroq shu bilan birga u Brunello Cucinellining qat’iy ta’kidlashicha, faoliyatining yagona muhim narsasi emas. Kompaniyaning fashion-mottosi «Supreme Good» («Oliy ne’mat») deb ma’noni ifodalaydi va har biri o’z sohasi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan va shuning uchun o’zini kollektsiyaning bevosita natijasiga aloqador deb hisoblaydigan fidoyi insonlarning birlashmasini anglatadi.
2009 yil – Ijtimoiy javobgarlik va uyg’unlik kontseptsiyasi Olivetti Historical Archive Association tashkiloti tomonidan baholandi. Uyushma Brunello Cucinellini «xalqaro bozorda juda katta obro’ qozongan italyan sanoat guruhini yaratgani va rivojlantirgani, shu bilan birga o’z faoliyatida asosiy qadriyatlarga, jumladan shaxs huquqlarini himoyalash, atrof muhitni muhoqaza qilish, san’at asarlarini tiklashga amal qilgani uchun» «Tadbirkor Olivetti 2009» faxriy unvoni bilan taqdirladi.
www.brunellocucinelli.it