Bottega Veneta
Bottega Veneta – Italiyaning yetakchi modalar uyi bo’lib, Italiya ustalarining eng oliy an’analaridagi charm buyumlarni ishlab chiqaradi. U eng avvalo o’zining ajoyib, beqiyos sifati bilan benuqson obro’yiga erishdi. Yumshoq, his-tuyg’ularga to’la, mukammal qo’lda ishlangan sumkalar uning Intrecciato degan nomi bilan mashhur bo’lgan betakror, darhol ko’zga tashlanadigan uslubiga misol bo’ladi (yuqori sifatli terini to’rt qavat qilib tasmalardan to’qishning qadimiy texnikasi, dastavval Italiyada savatlar to’qish uchun qo’llanar edi).
Tarixi
Bottega Veneta 1966 yilda Vittorio va Laura Moltedo tomonidan Venetsiyag yaqinidagi kichik Vichentsa shaharchasida asos solingan, teri-charm anjomlarni ishlab chiqaruvchi oilaviy manufaktura kabi muvaffaqiyatli rivojlangan.
1990 yillarda modalar uyiga qiziqish pasaya boshladi, 2000 yilda uyning bosh dizayneri etib britaniyalik Jayls Dikon tayinlandi, uning maqsadi so’nayotgan modalar uyiga yangi g’oyalarni sngdirish bo’lgan.
Gucci Group 2001 yil fevralida Bottega Veneta ni sotib olayotganida, Djayls Dikon o’rniga millati nemis bo’lgan amerikalik Tomas Mayer keldi, uning uslubi ancha neytral va sokinroq.
Tomas Parijdagi Chambre Syndicale de la Haute Couture Institutida o’qigan, va Hermes uchun to’qqiz yil dizayner bo’lib ishlagan. Uning birinchi kollektsiyasi 2002 yil Bahori/Yozi tanqidchilar tomonidan zavq-shavq bilan kutib olingan. Uning kelishi bilan Bottega Veneta uyi yana oliy moda peshqadami martabasini egalladi.
Har mavsumda Bottega Veneta ko’p kollektsiyalarni, jumladan erkaklar va ayollar poyafzallari, sumkalar, charm aksessuarlar, uy-ro’zg’or mollarini taqdim etadi. Bundan tashqari, Bottega Veneta ozgina miqdorda tayyor kiyimni ham yaratadi, ularning nafis hashami mayin uslubida hamda har bir detaliga obdon ishlov berishdan iborat, ular dizaynerlarning benuqson maoratini ta’kidlaydi. «Bottega Veneta – glamur printsiplariga shunchalik mahorat bilan amal qiluvchi yagona klassik rusumdir", dedi Instite Luxury nig bosh ma’muri bo’lgan Milton Pedraza.
Bottega Veneta buyumlari jahonning barcha yirik shaharlarida, Yevropa, Osiyo,va Shimoliy Amerikada, yirik univermaglar hamda soni doimo o’sib borgan Bottega Veneta butik do’konlarida taqdim etilgan. Bundan tashqari, Bottega Veneta – elektron tijoratdan foydalanuvchi birinchi brend rusumlaridan biridir. Ularning veb-sayti o’ta a’lo xizmat ko’rsatilishiga o’rgangan mijozlar ko’nglini topish uchun ataylab ishlab chiqilgan.
Brend rusumining falsafasi
Bottega Veneta nazokatli, ko’pni ko’rgan, o’ziga bemalol, o’z uslubiga ishongan inson bo’lgan mijoziga yuzlanganda, balandparvoz so’zlardan foydalanmaydi.
Bu kompaniyaning maslak shiorida aks etadi, uni shunday tarjima qilish mumkin: "O’z ism-sharifingiz yetarli bo’lganda".
Mayerning fikricha, Bottega Veneta rusumi bilan qilinadigan barcha mollar uch xil, lekin yagona bo’lgan tamoyiliga bo’ysunadi: dizayni oddiy, texnologiyalari murakkab va materiallari hashamatli.
Markaning rasmiy sayti
www.bottegaveneta.com